Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Bojxonachilar tomonidan 9 oyda qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi

Bojxonachilar tomonidan 9 oyda qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida bojxona organlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolingan.

Bojxona qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan hay’at yig‘ilishida aytilishicha, 59 milliard so‘mlik tamaki mahsulotlari hamda 34 ta qurol, 1 ming 187 ta o‘q-dorilar ushlab qolingan.

Hisobot davrida xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida 757 milliard so‘mlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Chegarada import tovarlari ustidan bojxona ko‘riklari samaradorligi oshib, 356 milliard so‘mlik noqonuniy tovarlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Bojxonachilar tomonidan 9 oyda qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi

Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida 10 mingdan ortiq tadbirkorlarga 38 trillion so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llangan, 5 trillion so‘m bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berilgan.

Kiritildi: 23:41 23.10.2024. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!