Frankfurt aeroporti bojxonachilari Angoladan kelgan yo‘lovchining bagajida kamida 11 270 dona olmos topib, musodara qildi.
Bu haqda DPA axborot agentligi bojxona xodimlari va federal polisiyaga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, olmoslar chemadan tubiga yashirilgan. Ularning qiymatini aniqlash uchun baholash talab qilinadi. Huquq-tartibot idoralari, DPA ta’kidlaganidek, Angoladan Frankfurtga kelgan 53 yoshli erkakni hibsga oldi.
Agentlik xulosasiga ko‘ra, u kirishda tabiiy olmoslarni talabga binoan deklarasiya qila olmagan va kerakli sertifikatni taqdim eta olmagan.