Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Bojxona uchun elektr energiyasi alohida shartlarga ko‘ra yetkaziladi

A A A
Bojxona uchun elektr energiyasi alohida shartlarga ko‘ra yetkaziladi

Vazirlar Mahkamasining «Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangani munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Tashqi savdo aylanmasi hajmlari ortib borayotgani, transchegaraviy elektron savdoning rivojlanishi, shuningdek bojxona sohasini to‘liq raqamlashtirishga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sharoitlarida xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va korrupsiyaga qarshi omillarni joriy etish lozim.

Prezidentning «Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq hujjat bilan amaldagi NHHga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

  • elektr energiyasi maxsus tartibga ko‘ra yetkazib beriladigan iste’molchi korxonalar ro‘yxatiga bojxona organlarini kiritish;
  • invoys asosida eksport qilishda oldindan to‘lovni 100 foizdan 50 foizga tushirish;
  • bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni yetarli darajada qayta ishlash mezoni asosida hosil qilingan qayta ishlash mahsulotini bojxona hududidan eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda olib chiqish;
  • tashqi savdo operasiyalarini amalga oshirishda shartnoma bo‘yicha xorijiy hamkor mamlakat o‘zgarishi bilan bog‘liq qo‘shimchalarni bojxona yuk deklarasiyasida qayd etish talabini maqbullashtirish;
  • tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimida tashqi savdo shartnomalari ma’lumotlariga qo‘shimcha kelishuvlarsiz o‘zgartirish kiritish imkoniyatini yaratish.
Kiritildi: 10:53 27.10.2023. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!