“Farhod” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtida o‘z xatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan. Yo‘lovchi belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Natijada kurtkasining yengidagi cho‘ntaklaridan og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklarasiyalanmagan, 1 mln 350 ming rubl naqd xorijiy valyutasi borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.