Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bog‘chalarda 20:00 gacha ishlaydigan kechki guruhlar ochish taklif qilindi

Bog‘chalarda 20:00 gacha ishlaydigan kechki guruhlar ochish taklif qilindi

Rossiyada bog‘chalarda 20:00 gacha ishlaydigan kechki guruhlar ochish taklif qilindi

Rossiya Davlat dumasi deputati Nikolay Novichkov bolalar bog‘chalarida ota-onalar talabi asosida 20:00 gacha ishlaydigan navbatchi guruhlar ochishni taklif qildi.

Deputatning aytishicha, bunday guruhlar kamida 10 ta oila murojaat qilgan taqdirda tashkil etilishi mumkin. Bu kech ishlaydigan ota-onalarga farzandlarini xotirjam olib ketish imkonini beradi.

Novichkovning ta’kidlashicha, tarbiyachilar ham kechki guruhlar uchun qo‘shimcha haq olishi mumkin.

Deputat ushbu mexanizmni 2027 yil yanvaridan yo‘lga qo‘yish mumkinligini bildirdi.

Kiritildi: 20:25 27.09.2026. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!