Bu g‘alati hodisa Moskvadagi bog‘chalardan birida sodir bo‘ldi. Keksa bir ayol nabirasini bog‘chadan olishga borganida tarbiyachi unga adashib, xuddi shunday ismli boshqa qizchani berib yubordi. Ko‘zlari xiralashib qolgan ayol nevarasi almashib qolganini hatto sezmadi ham, qizchaning o‘zi esa notanish ayol o‘zini kiyintirish va olib ketishiga bemalol qo‘yib berdi. Tixirlik ham qilmadi.
Uyga yetib kelgach, buvijon birovning bolasini ovqatlantirdi, it bilan o‘ynashiga qo‘yib berdi, qizcha kuchukning nomini bilmaganiga ajablanmadi ham. Bu orada qizaloq uydan topib olgan kosmetichkadan lab bo‘yog‘i olib, labini bo‘yashga ham ulgurdi.
Faqat ko‘zoynagini taqqachgina ayol qanday xato qilganini bilib qoldi.
O‘tgan vaqt ichida bog‘chaga "o‘g‘irlangan" qizaloqning onasi ham yetib keldi. Uni topa olishmagach, butun bog‘cha “oyoqqa turdi”: shu zahotiyoq polisiya yetib keldi, uning ortidan esa taksida o‘sha pensioner ayol qizaloq bilan keldi. Qizining topilganidan xursand bo‘lib ketgan ona shu zahoti ishni yopishlarini talab qildi.
"Sovetskaya Chuvashiya"