Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Bog‘cha puli kamaytiriladi

Bog‘cha puli kamaytiriladi

💸 Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan ma’muriy boshqaruv jihatdan Nukus shahri tarkibiga kiruvchi “Qaratau” va “Bestobe” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘loviga 50 foiz kamaytiruvchi koeffisiyentlar qo‘llaniladi.

✅ Shuningdek, maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari) xizmatlari bo‘yicha mazkur hududda faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga 2027 yil 1 yanvardan 2040 yil 1 yanvarga qadar yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 90 foizga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

⌛️ 2028 yil 1 yanvarga qadar:

🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklarining balansida bo‘lgan mol-mulk ob’ektlari bozor narxida qayta baholanib, 10 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizasiya qilinadi;

🔸 realizasiya qilingan mol-mulk ob’ektlari bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq to‘lovlar 6 oy ichida to‘liq to‘langanda shartnoma qiymatining 25 foiziga teng miqdorda chegirmalar beriladi.

Kiritildi: Bugun 09:28. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!