Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Boeing o‘zining kosmik biznes aktivlarini sotish haqida o‘ylamoqda

Boeing o‘zining kosmik biznes aktivlarini sotish haqida o‘ylamoqda

Amerikaning Boeing samolyot ishlab chiqaruvchisi o‘zining kosmik biznesining norentabel aktivlarini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 26 oktyabr kuni The Wall Street Journal kompaniyadagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, gap, xususan, amerikalik astronavtlar Xalqaro kosmik stansiyadan (XKS) qaytib kela olmaydigan muammoli Starliner kosmik kemasi va XKSni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha operasiyalar haqida bormoqda. Shu bilan birga, nashrning aniqlik kiritishicha, bu NASAning kosmik uchirish tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmani o‘z ichiga olmaydi.

Materialda qayd etilishicha, hozirgi bosqichda har qanday bitimlar tuzish haqida gapirishga hali erta va aktivlarni sotish rejalari yangi bosh direktor Kelli Ortbergning asosiy kompaniyadagi inqiroz sharoitida xarajatlarni optimallashtirish strategiyasi bilan bog‘liq.

"Boeing jiddiy moliyaviy inqirozga yuz tutmoqda. Uning eng yirik kasaba uyushmasi ikkita shartnoma taklifini rad etdi va ko‘pchilik samolyotlarni ishlab chiqarishni to‘xtatgan ish tashlashni uzaytirdi.

Qayd etilishicha, oxirgi paytlarda korporasiya kosmik sohada ko‘plab muvaffaqiyasizlikka uchragan. Shu sababli Boeing NASAning yetakchi hamkori mavqeini Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga boy berdi.

Kiritildi: 11:39 26.10.2024. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!