Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Boeing Markaziy Osiyoga samolyot sotishda davom etadi

Boeing Markaziy Osiyoga samolyot sotishda davom etadi

Boeing Markaziy Osiyo aviatashuvchilarini o‘zining mahsulotlariga xaridorlar ro‘yxatidan o‘chirgani yo‘q, dedi Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasi rahbariyati RIA Novostiga.

Avvalroq Boeing o‘z saytida yaqin 20 yillik prognozini e’lon qilgan edi, ushbu xaritada Rossiya bilan Markaziy Osiyo ko‘k rangda bo‘yalgan bo‘lib, bu samolyot yetkazib berish rejada yo‘qligini bildirar edi. Kompaniya hisobotida aytilishicha, Markaziy Osiyoda samolyotga bo‘lgan talab mavjud, biroq vaziyatning oldindan bilib bo‘lmaslik darajasining yuqoriligi va ushbu holat qachongacha cho‘zilishi noma’lumligi sababli biz Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha prognozimizni e’lon qilmaslikka qaror qildik, deyilgan.

"OAVda shu haqda xabar tarqalgandan keyin biz Boeing kompaniyasiga tegishli so‘rov jo‘natdik. Korporasiya vakillarining bizga yo‘llagan javobida shunday deyiladi: Markaziy Osiyo mamlakatlariga samolyot sotishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday gap bo‘lgani yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas". Bu haqda "Somon Eyr" aviakompaniyasi raisining o‘rinbosari Abdulqosim Valiyev agentlikka ma’lum qilgan.

Valiyevning ma’lum qilishicha, avgust oyi oxirigacha "Somon Eyr" aviaparkiga yana ikkita Boeing 737 800 samolyoti kelib qo‘shiladi, bu haqda fevral oyida shartnoma imzolangan edi. "Ushbu havo kemalari yangi emas, ular to‘rt-besh yil parvozda bo‘lgan, lekin juda yaxshi holatda. Mazkur samolyotlar ma’lum muddatga lizing asosida sotib olingan", – degan edi u.

Kiritildi: 13:14 01.08.2022. O'qildi: 1786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!