Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bobur haqidagi film to‘g‘risida bahslarga munosabat bildirildi

Bobur haqidagi film to‘g‘risida bahslarga munosabat bildirildi

So‘nggi vaqtlarda tarmoqlarda hind kino ijodkorlari tomonidan bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haqida «Buyuk mo‘g‘ul imperatori Bobur» nomli film olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Hatto filmning tizerlari ham tarmoqlarda keng yoyilmoqda. Bu holat mamlakatimiz jamoatchiligi va ziyolilarni jiddiy tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab bo‘ldi.

“Shu qatorida, meni ham bu vaziyat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan bog‘lanib, vaziyat yuzasidan ma’lumot olish uchun harakat qildim. Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bu masalaga oydinlik kiritilmoqda”, — deya munosabat bildirdi o‘z Telegram sahifasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov.

Uning qayd etishicha, bu borada yana aniqlik kiritilib, qo‘shimcha xabar beriladi.

“Meni xursand qilgani shuki, milliy g‘urur va vatanparvarlik shunchaki kitoblar va quruq so‘zlarda emas, xalqimiz ongu shuurida yashamoqda. Keng jamoatchilik bu kabi holatlarga befarq emas. Bu aynan Prezidentimiz aytgan, tahlikali vaziyatlarda millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar jasorat bilan maydonga chiqayotganliklarining bir ko‘rinishidir.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi keng jamoatchilikka, ziyolilarga befarq bo‘lmagani, ajdodlarimiz bilan bog‘liq tariximizni targ‘ib qilish haqidagi fikrlari uchun minnatdorchilik bildiradi.

Agar millat mas’uliyati yo‘lida hamfikr bo‘lib birlashsak, bu kabi qadriyatlarimiz, tariximiz va o‘zligimizga qaratilgan tahdidlarga qarshi tura olamiz”, — deb yozadi Otabek Hasanov.

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda eng qadimgi o‘tmishdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan «Tirik tarix» loyihasi doirasida sarkardalarimiz va allomalarimiz haqida turkum filmlar yaratilmoqda. Bu loyiha tez orada o‘z samarasini berib, milliy o‘zligimiz bilan bog‘liq tariximiz ekranlarda gavdalanadi.

Kiritildi: 06:56 27.07.2024. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!