Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Bobomurod Abdullayev Qirg‘izistonda qo‘lga olindi

Bobomurod Abdullayev Qirg‘izistonda  qo‘lga olindi

Qirg‘iziston hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Bobomurod Abdullayevning hibsga olinganligi yuzasidan Bosh prokuratura xabar qiladi:

O‘zbekiston Respublikasining so‘roviga asosan, 22.01.1993 yildagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk Konvensiyasiga muvofiq, B.Abdullayev Qirg‘iziston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda uning O‘zbekiston Respublikasiga ekstradisiya qilinishi masalasi hal qilinmoqda.
 

Kiritildi: 22:02 12.08.2020. O'qildi: 7323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!