Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

BNQIZ: AI-92 markali benzin narxi pasaytiriladi

BNQIZ: AI-92 markali benzin narxi pasaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholini arzon narxlarda sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash zarurligi to‘g‘risidagi topshirig‘ini bajarish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-92 rusumli benzin narxini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlari olib borilmoqda. Bu “O‘zbekneftgaz” AJning yonilg‘i bozori barqarorligini qo‘llab-quvvatlash va mamlakat aholisini yuqori oktanli benzin mahsulotlari bilan ta’minlashni oshirishga qaratilgan keng strategiyasining bir qismidir.

Ushbu strategiya doirasida ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va tannarxni kamaytirishni o‘z ichiga olgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar yuqori sifatli benzin ishlab chiqarish hajmini barqaror saqlash va uning tannarxini pasaytirishni ta’minlashga qaratilgan.

AI-92 benzinini birja savdolari orqali sotish boshlandi. Bu esa narxlarning raqobatbardoshligini oshirish va yonilg‘i taqsimlash tizimida shaffoflikni oshirish imkonini beradi. Ushbu chora yakuniy iste’molchilar uchun yanada qulay narxlarni ta’minlash orqali bozorga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 108-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 18 oktyabridan boshlab neft mahsulotlari narxlari Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rasmiy bnpz.uz saytida e’lon qilindi.

Kiritildi: Bugun 11:55. O'qildi: 978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!