Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

“BMW” bilan shahar aylangan voyaga yetmagan shaxslar qo‘lga olindi

“BMW” bilan shahar aylangan voyaga yetmagan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent shahrida maxsus ovoz kuchaytirgich va miltillovchi mayoqchalar bilan jihozlangan 2 ta BMW rusumli avtomobil aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 15 yoshli o‘smir firma nomiga rasmiylashtirilgan, asli qarindoshiga tegishli avtomobilni ruxsatsiz olib chiqib, old oynasini qoraytirgan holda shahar bo‘ylab harakatlangan. Unga tengdoshlari xuddi shunday BMW hamda Gentra rusumli avtomobilda hamrohlik qilgan.

Holat yuzasidan o‘smirlarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan, avtomobillar esa jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kiritildi: 22:27 09.01.2026. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!