Bugun 2 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

BMT Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

BMT Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

BMT Xavfsizlik kengashi bugun, 2 oktyabr kuni Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Shu oy Xavfsizlik kengashiga raislik qilayotgan Shveysariya missiyasi bu haqda ma’lum qildi.

Shveysariya diplomatlariga ko‘ra, yig‘ilish soat 10:00 (bizning vaqt bilan 19:00 da) boshlanadi. Tadbirdan so‘ng Xavfsizlik kengashi a’zolarining yopiq maslahat uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Isroil armiyasi (SAXAL) matbuot xizmati 1 oktyabr kuni Eron Isroil tomon keng ko‘lamli raketalar hujumi uyushtirgani haqida bayonot berdi.

The Jerusalem Post gazetasi xabariga ko‘ra, Eron Isroil hududi tomon 400 ga yaqin raketa uchirgan. Tel-Aviv shahri ham nishonga olingan.

Isroil bosh vaziri ofisi maslahatchisi Dmitriy Gendelman bergan bayonotga ko‘ra esa Eron Isroilga uchirgan raketalar soni 180 ta atrofida bo‘lib, ularning katta qismi zararsizlantirilgan.

O‘z navbatida, bosh vazir Binyamin Netanyaxu Eronning raketa hujumini «katta xato» deb atab, bu Tehronga qimmatga tushishini aytgan.

Kiritildi: Bugun 07:33. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!