Xinxua agentligi xabariga ko‘ra, yig‘ilish 5 yanvar, dushanba kuni Nyu-York vaqti bilan soat 10:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Tashkilot AQShning Venesueladagi harbiy operasiyasini tanqid qildi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh bu hodisa xavfli omil yaratayotganini va xalqaro huquqni buzishi mumkinligini aytdi. U tomonlarni muloqotga qaytishga chaqirdi.
O‘z navbatida, BMT Bosh Assambleyasi prezidenti Annalena Berbok vaziyatni sharhlab, inqiroz paytida mamlakatlar BMT Nizomiga tayanishi kerakligini aytdi. Unda suveren davlatlarga qarshi kuch ishlatish yoki tahdid qilish qabul qilinishi mumkin emasligi aniq ko‘rsatilgan.