Birlashgan Arab Amirliklari BMT Xavfsizlik Kengashini juma kuni G‘azo sektorida zudlik bilan gumanitar o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyusiya loyihasini ovozga qo‘yishga chaqirdi, deya xabar beradi Kazinform tashkilot saytiga tayanib.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish chorshanba kuni Xavfsizlik Kengashiga maktub yo‘llab, unda BMT Nizomining 99-moddasiga 2017 yilda BMT Bosh kotibi lavozimiga kirishganidan beri birinchi marta murojaat qildi.
“Bosh kotib, uning fikricha, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashga tahdid solishi mumkin bo‘lgan har qanday masalalarni Xavfsizlik Kengashi e’tiboriga havola etish huquqiga ega”, - deyiladi BMT Nizomining 99-moddasida.
Bosh kotib o‘z murojaatida BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolarini insonparvarlik falokatining oldini olish va gumanitar otashkesimga erishish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishga chaqiradi.