BMT Xalqaro sudi barcha davlatlar Isroilning okkupasiya qilingan Falastin hududlarida mavjud bo‘lib turishini tan olmasligi va bu mavjudlikka yordam bermasligi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, BMT Xalqaro sudi Isroildan okkupasiya qilingan Falastin yerlarida o‘zining «adolatsiz harakatlari» tufayli yetkazilgan barcha zararni qoplab berishni talab qildi
Shuingdek, sud Isroil okkupasiya qilingan Falastin hududlari ustidan suverenitetga ega emasligini ham qayd etdi.
"Isroil zudlik bilan Falastin yerlarini okkupasiya qilishni to‘xtatishi shart".
Isroilning okkupasiya qilingan hududlarda manzilgohlar qurish siyosati Jeneva konvensiyasiga zid bo‘lib, Isroilning okkupasiya qilingan hududlardagi xatti-harakatlari uning ushbu hududlarda doimiy qolish niyatidan dalolat beradi.