Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

BMT Ukrainadagi rossiyalik harbiy asirlarning qiynoqqa solingani haqidagi xabarlardan xavotirda

BMT Ukrainadagi rossiyalik harbiy asirlarning qiynoqqa solingani haqidagi xabarlardan xavotirda

BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi Ukrainada rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi. Bu haqda BMT press-relizida aytiladi.

"Qo‘mita Ukraina kuchlari tomonidan rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan qiynoqlar, shafqatsiz muomalalar va boshqa qonunbuzarliklar haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi. Qiynoqlarni taqiqlash mutlaq va cheksiz ekanligini ta’kidladi", deyiladi matnda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ukraina hukumatini barcha mahbuslarga ozodlikdan mahrum qilingan paytdan boshlab, ularning asosiy inson huquqlari, jumladan polisiya xodimlari ishtirokisiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish huquqini hurmat qilishni kafolatlashga chaqirdi.

7 apreldan 2 maygacha BMT Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasining 82-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita 10 nafar mustaqil ekspertdan iborat bo‘lib, ular Qiynoqlar va boshqa shafqasiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazolarga qarshi Konvensiyaga a’zo davlatlar tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarilishini nazorat qiladi.

Kiritildi: 21:49 02.05.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!