BMT Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan tugatishga olib keladigan har qanday jarayonga yordam berishga tayyor.
Bu haqda BMT rasmiy vakili Stefan Dyujarrik brifingda ma’lum qildi.
"Biz to‘liq, zudlik bilan va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish va undan keyingi adolatli, keng qamrovli va barqaror tinchlikka olib keladigan har qanday mazmunli jarayonni qo‘llab-quvvatlashga va yordam berishga tayyormiz", dedi u ushbu masala bo‘yicha savolga javob berib, tinch yo‘l bilan hal etish Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashi kerakligini ta’kidladi.