Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

BMT tinchlikparvar kuchlari Isroilga taslim bo‘lishdan bosh tortdi

 BMT tinchlikparvar kuchlari Isroilga taslim bo‘lishdan bosh tortdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi Muvaqqat kuchlari Isroilning o‘z pozisiyalarini tark etish talabiga va Isroil zarbalarida besh askarning yaralanganiga qaramay, arab mamlakatida qoladi.

Shanba kuni tinchlikparvar kuchlar vakilining aytishicha, Isroil BMT kuchlaridan Livan janubidagi o‘z pozisiyalarini tark etishni so‘ragan, biroq ular rad javobini bergan.

«Ular bizdan Moviy chiziq bo‘ylab... yoki Moviy chiziqdan besh kilometr (uch milya)gacha bo‘lgan pozisiyalardan chekinishimizni so‘rashdi», dedi BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari vakili Andrea Tenenti. «Ammo qolish haqida bir ovozdan qaror qabul qilindi.»

«Bu mintaqada BMT bayrog‘i baland hilpirashda davom etishi muhim», dedi Tenenti.

Oxirgi ikki kun ichida Isroil armiyasi chegara hududiga uyushtirgan qator hujumlar natijasida besh nafar tinchlikparvarni yaraladi. Isroilning zarbalari Yevropa Ittifoqi🇪🇺, BMT va ko‘plab mamlakatlarda tanqid qilindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ilk bor Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 23:22 12.10.2024. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!