Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

BMT sudyasi 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

BMT sudyasi 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Oksford Qirollik sudi BMT sudyasi Lidiya Mugambeni vatandoshini o‘zining xizmatkori va farzandlariga qarovchi qilishga majburlagani uchun olti yil to‘rt oy ozodlikdan mahrum qildi.

Mugambe, ayni paytda Uganda Oliy sudining ham sudyasi hisoblanadi, u “hech qanday pushaymonlik alomati ko‘rsatmagan” va aybni jabrlanuvchiga yuklashga uringan, dedi sudya 2 may kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida.

50 yoshli Mugambe Britaniya immigrasiya qonunchiligini buzish maqsadida til biriktirish, ekspluatasiya maqsadida safar uyushtirish, majburiy mehnatga jalb qilish va guvohni qo‘rqitishga urinishda aybdor deb topildi, deb yozadi The Guardian. U Oksford universitetida huquq fanlari doktori darajasini olish jarayonida bo‘lgan paytda vatandoshining erkinligini cheklagan.

Jabrlangan qiz (uning ismi oshkor etilmagan) o‘z xavfsizligidan qo‘rqqani sababli Ugandaga qaytolmasligini aytdi. U ehtimol onasini endi hech qachon ko‘rmasligini ham bildirgan. Qizga Buyuk Britaniyada boshpana berildi, chunki vatani — Uganda — unga ta’qib xavfi tug‘dirishi asosli deb topildi.

Hukmni e’lon qilgan sudya bu ishni “juda qayg‘uli holat” deb atadi. U Mugambening inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi yuridik yutuqlarini alohida e’tirof etdi.

Kiritildi: 11:32 04.05.2025. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!