Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

BMT: Sudanda tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik kuchaymoqda, ocharchilik holatlari qayd etilmoqda

BMT: Sudanda tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik kuchaymoqda, ocharchilik holatlari qayd etilmoqda

BMT Sudanning Kurdufan mintaqasida zo‘ravonlik ortib, tinch aholiga tahdid kuchaygani haqida ogohlantirdi.

BMT Bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning aytishicha, Janubiy Kordufan viloyatining Kadugli shahrida ocharchilik holatlari qayd etilgan va bu xavf boshqa hududlarga ham tarqalishi mumkin.

Unga ko‘ra, BMTning insonparvarlik guruhlari Korufanda zo‘ravonlik kuchayganini, ko‘plab shaharlar blokada sababli izolyasiyada qolganini ta’kidlagan.
“Sudandagi insonparvarlik jamoasi Korufan bo‘ylab kuchaygan zo‘ravonlik hamda shaharlarni izolyasiya qilgan blokadani keskin qoraladi”, — dedi Dyujarrik.

Uning aytishicha, Janubiy Korufandagi Kadugli va Delens shaharlarida aholi juda og‘ir ahvolga tushib qolgan, harakatlanish erkinligi, asosiy xizmatlar va himoyadan foydalanish cheklangan.
“Kaduglida ocharchilik holatlari aniqlangan. G‘arbiy Korufanning Babanusa shahrida hujumlar davom etmoqda. Ocharchilik butun Korufan bo‘ylab tarqalishi xavfi bor”, — dedi u.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, gumanitar xodimlar mintaqa bo‘ylab yashovchi taxminan 1,1 million aholiga yordam ko‘rsatishda juda katta xavf-xatarlarga duch kelmoqda.

Dyujarrik mojaro taraflarini qamauda qolgan hududlardan qochishga uringan tinch aholi va gumanitar xodimlar xavfsizligini kafolatlashga chaqirdi.
“Barcha muhtojlar uchun yordamga xavfsiz va to‘siqsiz kirish imkoni ta’minlanishi shart”, — dedi u.

Sudandagi to‘qnashuvlar

2023 yil 15 apreldan beri Sudanda milliy armiya va tashqi quvvatlar qo‘llab-quvvatlovchi Tezkor Harakat Kuchlari (RSF) o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Qattiq janglardan so‘ng G‘arbiy Darfur mintaqasining eng yirik shahri — El-Fasher asosan RSF nazorati ostiga o‘tdi.

Mojaro minglab insonlarni uy-joylarini tark etishga majbur qildi. RSF a’zolari tarqatgan videolarda tinch aholini majburan ko‘chirish, qurolsiz fuqarolarni o‘ldirish va qiynoqlar qo‘llash holatlari aks etgan.

Kiritildi: Bugun 15:07. O'qildi: 100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!