AQSh Maxfiy xizmati Nyu-York hududida turli kiberhujumlarni amalga oshirish, jumladan, mobil telefon xizmatini o‘chirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan “elektron qurilmalar tarmog‘i”ni aniqlagani va demontaj qilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda gazeta.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tekshiruv davomida 100 mingta sim-karta va 300 dona sim-server aniqlangan.
Amerikalik rasmiysi The New York Times nashriga ushbu tarmoqdan 30 milliontagacha anonim matnli xabarlarni yuborish uchun foydalanish mumkinligini aytdi.
Serverlar 23-29 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasi o‘tkaziladigan joydan taxminan 55 kilometr uzoqlikda joylashgan.