Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

BMT: Otashkesimga qaramay, Isroil G‘azoga zarba berdi

BMT: Otashkesimga qaramay, Isroil G‘azoga zarba berdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Volker Tyurk kechagi Isroilning G‘azoga uyushtirgan havo hujumlarida 100 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lganini “dahshatli xabar” deb baholadi.

Tyurk yozma bayonotida Isroilning otashkesimga qaramay G‘azoga uyushtirgan halokatli havo zarbasini keskin qoraladi. Uning ta’kidlashicha, Isroil armiyasi 28–29 oktyabr kunlari G‘azo sektori bo‘ylab uylar, qochqinlar chordonlari va maktablarni nishonga olgan. Natijada bir isroillik askar halok bo‘lgan, 100 dan ziyod falastinlik esa halok bo‘lgan.

Komissar harbiy qonunlar tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilishni talab etishini eslab, quyidagicha qayd etdi:

“Isroil xalqaro gumanitar huquq doirasidagi majburiyatlarini bajarishi va har qanday qoidabuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi shart. Bu o‘limlar, yillar davomida azob chekkan G‘azo xalqi zo‘ravonliklar tugashiga umid qila boshlagan bir paytda sodir bo‘lgani ayniqsa achinarli.”

Volker Tyurk barcha tomonlarni sulh shartlariga vijdonan amal qilishga, ta’sirga ega davlatlarni esa uning bajarilishini ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi.

“Oxirgi ikki yil cheksiz azob-uqubat, qashshoqlik va G‘azoning deyarli butunlay vayronaga aylanishini olib keldi. Tinchlik uchun bu imkoniyatni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak,” — dedi Tyurk.

Kiritildi: 22:48 30.10.2025. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!