Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

BMT Oliy komissari As-Suvaydadagi to‘qnashuvlar uchun ma’sullarni javobgarlikka tortilishiga chaqirdi

BMT Oliy komissari As-Suvaydadagi to‘qnashuvlar uchun ma’sullarni javobgarlikka tortilishiga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk Suriya muvaqqat hukumatidan janubdagi As-Suvayda shahrida bir necha kun davom etgan qonli to‘qnashuvlardan so‘ng aybdorlarning javobgarlikka tortilishini ta’minlashni talab qildi.

Bu haqda Al Arabia telekanali xabar berdi.

"Bu qon to‘kilish va zo‘ravonlik to‘xtatilishi kerak va barcha odamlarning himoyasi eng muhim vazifa bo‘lishi kerak", dedi Volker Turk, "barcha qonunbuzarliklarni mustaqil, tezkor va shaffof tergov qilishni" talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, As-Suvaydadagi to‘qnashuvlar oqibatida 600 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Kiritildi: 14:25 18.07.2025. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!