Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukraina bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir qilmasligi mumkin"

Tramp: "Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukraina bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir qilmasligi mumkin"

Amerika ma’muriyati 10 kunlik muddatdan so‘ng Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash niyatida, ammo bu Ukrainadagi inqirozni hal qilish bilan bog‘liq vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

"Biz sanksiyalar qo‘llaymiz. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanksiyalardan xavotirdami yoki yo‘qmi, bilmayman. Bilasizmi, ular sanksiyalar haqida bilishadi. Men sanssiyalar, bojlar va boshqa hamma narsani hammadan ko‘ra yaxshi bilaman. Bu qandaydir samara beradimi, bilmayman, lekin biz buni qilamiz", - dedi u.

"Ammo bu hech qachon boshlanmasligi kerak bo‘lgan urush. Agar men prezident bo‘lganimda bu urush boshlanmagan bo‘lardi va bu AQShning avvalgi prezidenti Jo Baydenning urushi. Ishtirok etmasligi kerak bo‘lgan ahmoqona urush", - deya qo‘shimcha qildi Amerika rahbari.

Tramp avvalroq Rossiya va Ukrainaga kelishuvga erishish uchun 50 kun berishini, shundan so‘ng Moskva va uning savdo hamkorlariga 100 foizlik bojlar joriy etishi haqida ogohlantirgan edi. 29 iyul kuni u Rossiya va kelishuvdagi taraqqiyotdan hafsalasi pir bo‘lganini va shuning uchun muddatni 10 kungacha qisqartirayotganini aytdi. AQShning BMTdagi muvaqqat ishlar vakili o‘rinbosari Jon Kellining 31 iyul kuni ma’lum qilishicha, Tramp Rossiya va Ukraina 8 avgustgacha tinchlik yo‘li bilan kelishuvga erishishi kerak, deb hisoblaydi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Amerika yetakchisining bayonotini o‘qib chiqib, uni hisobga olganini aytdi.

Kiritildi: 10:30 01.08.2025. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!