Saudiya Arabistonining Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda Iroqqa qarshi qo‘shma hujumlari noxush hodisa bo‘lib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin.
Bu haqda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Farhan Haq ma’lum qildi.
"Biz bu mojaroning yanada kengayishini ko‘rishni istamaymiz. Harbiy harakatlarning ko‘proq mamlakatlarga tarqalishi noxush hodisa bo‘lib, bizni avvalgidan ham yomonroq vaziyatga olib kelishi mumkin", dedi u brifingda.
Haqning qo‘shimcha qilishicha, BMT Bosh kotibi tomonlarni harbiy harakatlarni to‘xtatishga va Pokiston, Qatar va boshqa mamlakatlarning vositachilik tashabbuslarini o‘z ichiga olgan diplomatik sa’y-harakatlarga qaytishga chaqiradi.