Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

BMT Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilsa ham, yuk tashishni tiklashga oylar kerakligini bildirdi

BMT Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilsa ham, yuk tashishni tiklashga oylar kerakligini bildirdi

BMT ma’lum qilishicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi darhol ochilgan taqdirda ham, u yerda yuk tashish harakatini to‘liq tiklash uchun ancha vaqt talab etiladi.

BMTning Xalqaro dengiz tashkiloti bosh kotibi Arsenio Domingesning aytishicha, asosiy muammo — mintaqadagi minalar va ularni tozalash jarayonidir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, minasizlantirish ishlari bu borada yordam berishga tayyor davlatlar bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishi kerak.

Dominges hisob-kitobiga ko‘ra, kemalarning bo‘g‘oz orqali yana xavfsiz harakatlanishi uchun bir necha haftadan bir necha oygacha vaqt ketishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 20:19. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!