Avvalroq BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Volker Turk Isroilning G‘azo shimolidagi harbiy harakatlari xalqaro huquqqa ko‘ra «vahshiylik jinoyati» va «insoniyatga qarshi jinoyat» sifatida baholanishi mumkinligini aytgan edi.
Kolorado universitetining huquq professori Vadi Saidning so‘zlariga ko‘ra, bu sharhlar «huquqiy ahamiyatga ega».
«U vaziyat qanchalik jiddiylashganini ko‘rsatmoqda... Ayni paytda bu bayonotni aytishi voqealar qanchalik xavfli bo‘lib qolganini, Isroil harbiylarining harakatlari qanchalik xavfli bo‘lganini ko‘rsatmoqda», dedi Said Al-Jazira telekanaliga.
Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon may oyida sud sudyalaridan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yoav Gallantni urush jinoyatlarida ayblab, hibsga olish uchun order berishni so‘ragan edi.
Ammo Turkning «insoniyatga qarshi jinoyatlar»ga ishora qilishi vaziyatni yangi bosqichga olib chiqadi, chunki «bular tinch aholiga qarshi kampaniyaning bir turini ... tinch aholiga qarshi keng ko‘lamli yoki tizimli hujumni ko‘rsatadigan ma’noda yanada jiddiyroqdir».