Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

🚨 BMT G‘azodagi vaziyat haqida o‘ta tashvishli bayonot e’lon qildi

🚨 BMT G‘azodagi vaziyat haqida o‘ta tashvishli bayonot e’lon qildi

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Isroilning gumanitar yordamni blokada qilishi davom etayotgani sababli G‘azo sektorini oziq-ovqat bilan ta’minlashda jiddiy muammo yuzaga kelganini ma’lum qildi.

"2 martdan beri G‘azoga oziq-ovqat yetkazib berilmayapti, chunki barcha chegara o‘tish punktlari ham gumanitar, ham tijorat yuk tashishlari uchun yopiq qolmoqda," - deyiladi Jahon oziq-ovqat dasturining X'dagi xabarida. Isroilning 15 kundan beri davom etayotgan Falastin anklavini to‘liq qamal qilishi allaqachon oziq-ovqat narxlarining keskin oshishiga olib keldi. Ba’zi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi 200 foizdan ko‘proqqa oshdi, deya ta’kidlaydi Jahon oziq-ovqat dasturi.

Yanvar oyi o‘rtalarida Isroil va HAMAS Misr, Qatar va AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. 2 mart kuni Isroil noqonuniy ravishda G‘azoga gumanitar yordam yetkazib berishni to‘xtatdi va barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini yopib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:00 17.03.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!