Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) Isroil blokadasi va hujumi ostidagi butun G‘azo sektori dunyodagi eng xavfli joylardan biriga aylanganini bildirdi.
UNRWAning "X" ijtimoiy media sahifasida e’lon qilingan bayonotda, G‘azo sektori yangi ko‘chish to‘lqinini boshdan kechirayotgani va vaziyatning daqiqa sayin yomonlashayotgani bildirildi.
“Xavfsiz hudud yo‘q; butun G‘azo sektori dunyodagi eng xavfli joylardan biriga aylandi. Boradigan joy yo‘q, chunki barcha boshpanalar, jumladan, UNRWAga tegishli bo‘lganlar joylar ham gavjum”, — deyiladi bayonotda.