Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyati YE3 davlatlaridan (Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya) yadroviy muzokaralarda hech qanday taraqqiyot bo‘lmagan taqdirda, BMT Xavfsizlik Kengashining Eronga qarshi barcha sanksiyalarini tiklash uchun ushbu yozda snapback mexanizmini faollashtirish mumkinligi haqida hech qanday bildirishnoma olmagan.
Bu haqda BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik brifingda ma’lum qildi.
Jurnalistning savoliga u: "Bizga rasmiy xat kelgani yo‘q", dedi.
Eslatib o‘tamiz, "snapback" mexanizmi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasida (JCPOA) nazarda tutilgan. U BMT Xavfsizlik Kengashining Tehronga qarshi 2015 yilgi kelishuv shartlariga muvofiq bekor qilingan barcha sanksiyalari avtomatik tarzda tiklanishini nazarda tutadi.