Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

BMT bosh kotibligiga nomzodlarni qidirish rasman boshlandi

BMT bosh kotibligiga nomzodlarni qidirish rasman boshlandi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotib lavozimiga nomzodlarni izlash boshlangani haqida rasmiy bayonot berdi, deb yozmoqda Bloomberg.

BMT Xavfsizlik kengashi va Bosh assambleyasi qo‘shma xat yo‘llab, tashkilotning yangi bosh kotibini saylash jarayonini boshladi. Hujjat matni noyabr oyida Xavfsizlik kengashiga raislik qilayotgan Serra-Leonening BMTdagi doimiy vakolatxonasi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Qo‘shma xatda mualliflar BMT tarixida hech qachon ayol kishi tashkilot bosh kotibi lavozimini egallamaganidan afsusda ekanliklarini bildirgan. Shu munosabat bilan BMTga a’zo davlatlarga xotin-qizlar nomzodlariga ko‘proq e’tibor qaratish tavsiya etildi. Bundan tashqari, hujjatda tashkilotning bo‘lajak rahbarini tanlashda mintaqaviy xilma-xillikka rioya qilish muhimligi ta’kidlandi.

BMT Bosh kotibligiga nomzodlarni tashkilotga a’zo davlatlar ko‘rsatadi, bir mamlakat bir nafardan ortiq nomzod ko‘rsatishi mumkin emas. Rasmiy nomzod ko‘rsatish uchun Xavfsizlik kengashi va Bosh assambleya raislariga tegishli xat yuborish talab etiladi. O‘z navbatida, nomzodlar BMTni rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlarini, shuningdek, daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart. Agar da’vogar BMT tuzilmasida ishlasa, unga «manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun saylov kampaniyasi davrida o‘z ishini to‘xtatib turishni ko‘rib chiqish» tavsiya etiladi.

Bosh kotib saylovi kelasi yilning iyul oyi oxirida o‘tkaziladi. Hozircha bu lavozimga ikki nomzod — MAGATE (BMT tarkibidagi Xalqaro atom energiyasi agentligi) rahbari Rafael Grossi va YUNKTAD (BMTning savdo va taraqqiyot anjumani) bosh kotibi Rebekka Grinspan da’vogarlik qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:27. O'qildi: 173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!