Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

BMT Bosh kotibi yordamchisi O‘zbekistonga keldi

BMT Bosh kotibi yordamchisi O‘zbekistonga keldi

15 may - Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivali doirasida BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yoshlar ofisi rahbari F.Paulliyer O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasidan “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi - 2030” dasturini hamkorlikda amalga oshirish, BMT va O‘zbekiston o‘rtasida yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni kengaytirish, bu borada tegishli vazirlik va idoralar bilan muzokaralar o‘rin olgan.

Bundan tashqari, F.Paulliyer 15 may - Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan Raqamli yashil tashabbuslar Global yoshlar festivalidan o‘rin olgan tadbirlarda ishtirok etadi va Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari va faol yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:34 14.05.2025. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!