Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

BMT Bosh kotibi Tinchlik qo‘ng‘irog‘ini chaldi

BMT Bosh kotibi Tinchlik qo‘ng‘irog‘ini chaldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish umumiy munozara oldidan yillik marosimda Tinchlik qo‘ng‘irog‘ini chaldi. Ochilish marosimida Bosh kotibning dunyo tinchligiga da’vati yangilandi.

Xorij ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, ushbu voqea BMT qarorgohidagi yapon bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

A’zo davlatlar yiqqan tangalardan yasalgan mazkur qo‘ng‘iroq 1954 yil tinchlik faoli Nakagava Tiyodzi tomonidan sovg‘a qilingan. Marosimda Nakagavaning qizi Takase Seyko va Yaponiyaning BMTdagi doimiy vakili Isikane Kimixiro ham qatnashdi. Qo‘ng‘iroqni chalishdan oldin, Guterrish nutq so‘zlab, tinchlik faqat hukumatlar yoki Prezidentlar mas’uliyati emas, balki har birimizga tegishli masala ekanini eslatgan.

Kiritildi: 17:53 18.09.2023. O'qildi: 1928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!