Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

BMT Bosh Assambleyasi Falastin davlatini tan olish nazarda tutilgan deklarasiyani qo‘llab-quvvatladi

 BMT Bosh Assambleyasi Falastin davlatini tan olish nazarda tutilgan deklarasiyani qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh Assambleyasi 12 sentyabr kuni ko‘pchilik ovoz bilan Isroil va Falastin davlatlari to‘g‘risidagi qarorni amalga oshirish bo‘yicha qadamlarni nazarda tutuvchi deklarasiyani ma’qulladi, deya xabar bermoqda Turkiyaning TRT nashri.

Ma’lum qilinishicha, 7 sahifadan iborat hujjat iyul oyida BMT bosh qarorgohida Saudiya Arabistoni va Fransiya tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada tayyorlangan.

"G‘azodagi urushni to‘xtatish kontekstida HAMAS sektordagi hukmronligini to‘xtatishi va suveren va mustaqil Falastin davlatini yaratish maqsadiga erishish uchun xalqaro qo‘llab-quvvatlash va ishtirokda Falastin ma’muriyatiga qurol topshirishi kerak", deyiladi deklarasiyada.

Deklarasiyani qo‘llab-quvvatlovchi rezolyusiyani 142 davlat yoqladi, 10 davlat qarshi chiqdi, yana 12 davlat betaraf qoldi. AQSh va Isroil uni boykot qildi.

Kiritildi: 16:11 13.09.2025. O'qildi: 1062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!