Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbariyatining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda.
Alyaska sammiti oldidan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik Kengashining ikki doimiy a’zosi – AQSh va Rossiya o‘rtasidagi yuqori darajadagi muloqotni olqishladi, biroq Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deya xabar berdi Ukrinform.
Dyujarrikning so‘zlariga ko‘ra, BMT rahbariyatining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, BMT AQSh va Rossiya yetakchilarining uchrashuvi borishi va uning natijalarini diqqat bilan kuzatib boradi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Alyaskada AQSh Prezidenti Donald Tramp va Rossiya hukmdori Vladimir Putinning sammiti bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda AQSh va Rossiya yetakchilari Ukrainadagi urushni tugatish variantlarini muhokama qiladi.
Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, kelasi hafta oxirigacha Tramp, Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bugungi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar berdi korrespondent.net.