Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

BMT: 8,3 million qochqin yordamsiz qolishi mumkin

BMT: 8,3 million qochqin yordamsiz qolishi mumkin

BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi (BMT QBOKB) moliyalashtirish taqchilligi tufayli qariyb 8,3 million qochqin va majburan ko‘chirilgan shaxs zarur yordamdan mahrum bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil uchun talab etilgan 8,505 milliard dollar mablag‘ning iyul oyiga qadar faqat 32 foizi jalb qilingan. Moliyaviy taqchillik 5,789 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Mablag‘ yetishmasligi sababli qochqinlarni ro‘yxatga olish, bolalarni himoya qilish va gender zo‘ravonligi jabrdiydalariga yordam ko‘rsatish dasturlari qisqartirilgan.

Eng og‘ir vaziyat Chad, Sudan va Afg‘onistonda kuzatilmoqda. Chadda 319 ming kishini ro‘yxatga olish kechikkan, 200 ming nafar ayol va qizlar boshpanalardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Sudanda qariyb 140 ming qochqin ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Afg‘onistonda esa to‘lovlar ikki baravardan ko‘proq qisqartirilgan.

BMT QBOKB xarajatlarni yana qisqartirish moliyalashtirishdagi tanqislikni qoplay olmasligini bildirgan. Tashkilot 2025 yilga kelib xodimlar sonini 33 foizga qisqartirgan, 140 ta shahar va hududdagi ofislarini yopgan hamda 15 mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatgan.

Kiritildi: 18:47 03.10.2026. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!