Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bloomberg: Uitkoff va Kushner Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga borishni rejalashtirmoqda

 Bloomberg: Uitkoff va Kushner Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga borishni rejalashtirmoqda

"AQSh prezidenti Donald Trampning vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Rossiya prezidenti bilan uchrashib, Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda", deya xabar bermoqda agentlik.

Manbalarga ko‘ra, AQSh rasmiylari Putinga Ukraina tomoni bilan muhokama qilingan tinchlik rejasining so‘nggi variantlarini taqdim etishi kutilmoqda.

Bloomberg suhbatdoshlarining aytishicha, uchrashuv yanvar oyida bo‘lib o‘tishi mumkin, biroq rejalar hali yakuniy tasdiqlanmagan. Erondagi vaziyat sababli tashrif sanalari o‘zgarishi ehtimoli bor.

Shuningdek xabarda, Putinning Uitkoff va Kushner bilan uchrashuv o‘tkazishga qanchalik qiziqishi hozircha aniq emasligi va aynan shu holat uchrashuv sanasini kelishishda asosiy to‘siq bo‘lib qolayotgani ta’kidlangan.

Kiritildi: Bugun 17:41. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!