AQSh Mudofaa vazirligi bir yildan ortiq vaqtdan beri maxfiy operasiya orqali sotib olingan qurilmani o‘rganmoqda. Ayrim mutaxassislarning fikricha, mazkur qurilma AQSh razvedka xodimlari, diplomatlari va harbiylarida kuzatilgan “Gavana sindromi” deb ataluvchi sog‘liqdagi noma’lum muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.
CNN manbalariga ko‘ra, qurilma Bayden ma’muriyatining oxirgi kunlarida AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi tarkibidagi Homeland Security Investigation (HSI) bo‘linmasi tomonidan Pentagon ajratgan mablag‘lar hisobidan sotib olingan. Qurilma uchun “sakkiz xonali summa” to‘langani aytilmoqda, biroq aniq qiymat oshkor etilmagan.
Ma’lum qilinishicha, qurilma impulsli radio to‘lqinlar ishlab chiqaradi. Ayrim rasmiylar va olimlar yillar davomida aynan shunday texnologiya “Gavana sindromi” holatlariga sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilib kelgan. Manbalar qurilma to‘liq Rossiyada ishlab chiqarilmaganini, ammo uning tarkibida Rossiyada ishlab chiqarilgan ayrim qismlar mavjudligini aytgan.