Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Erondagi dahshat: butun mamlakat bo‘ylab taxminan 3000 nafar odam halok bo‘lgan

Erondagi dahshat: butun mamlakat bo‘ylab taxminan 3000 nafar odam halok bo‘lgan

Eronlik muxolifatchi jurnalist Vahid Kehrizek shahridagi sud-tibbiyot markazidan olingan suratlarni e’lon qildi. Tasvirlarda — norozilik namoyishlari paytida halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari aks etgan.

Kehrizek — Eronning shimolida joylashgan, aholisi taxminan 37 ming kishini tashkil etuvchi kichik shahar. Ma’lum bo‘lishicha, namoyishlarda halok bo‘lganlarning jasadlari aynan shu yerga olib kelinmoqda.

Suratlar shanba kuni, 10 yanvar sanasida olingan.

Vahid guvoh so‘zlarini keltiradi:

«Men internetga ulanish va ushbu kadrlarni yuborish uchun ming kilometr yo‘l bosib keldim. Ular jasadlarni konteynerlarga tashlashmoqda. Faqat o‘sha kunining o‘zida yerda sochilib yotgan 2000 nafardan ortiq jasad bor edi. Biz kelganimizda bir konteyner to‘liq yuklangan edi. Odamlar yaqinlarining jasadlarini topganida, sud-tibbiyot xodimlari o‘qdan yetgan jarohatlarni qayd etib, kodlangan ruxsatnoma berishar, shundan so‘ng oilalar navbatga turishar edi».

Shu orada Eron Sog‘liqni saqlash vazirligining yuqori lavozimli amaldori The New York Times nashriga butun mamlakat bo‘ylab taxminan 3000 nafar inson halok bo‘lganini ma’lum qildi va qurbonlar soni yanada ortishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 23:17 13.01.2026. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!