Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bloomberg: AQSh zarbalari ortidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi kemalar harakati minimal darajaga tushdi

Bloomberg: AQSh zarbalari ortidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi kemalar harakati minimal darajaga tushdi

AQShning Eron ob’ektlariga ikki kun davom etgan zarbalari fonida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan tijorat kemalarining harakati minimal darajagacha kamaydi. Bloomberg nashrining yozishicha, harakat faqat bo‘g‘ozning shimoliy qismida, Eron qirg‘oqlari yaqinida kuzatilmoqda, janubiy — «Ummon» yo‘lagi esa bo‘m-bo‘sh.

«AQSh ikki kun ketma-ket Eron nishonlariga zarba berayotgan bir paytda, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tijorat kemalarining harakati minimal darajaga tushdi», — deyiladi nashr xabarida.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda bo‘g‘oz orqali faqat ikkita yirik kema — bitta supertanker va bitta eronlik konteyner tashuvchi kema o‘tmoqda. Chorshanba kuni bo‘g‘ozni 14 ta kema kesib o‘tgan, vaholanki, eskalasiyagacha bu ko‘rsatkich kuniga 34 tani tashkil qilgan.

Kiritildi: 12:03 09.07.2026. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!