Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Blinken Isroilni G‘azo sektorida gumanitar yordamni kengaytirishga chaqirdi

A A A
Blinken Isroilni G‘azo sektorida gumanitar yordamni kengaytirishga chaqirdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant bilan telefon orqali suhbatda G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini sezilarli darajada oshirishga chaqirdi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti saytida ma’lum qilingan.

Blinkenning aytishicha, butun Falastin anklavidagi tinch aholiga oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalar yetkazib berishni kengaytirish zarur.

Davlat kotibi G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatish va barcha garovga olinganlarni ozod qilish muhimligini ta’kidladi.

Blinken va Gallant Livanda diplomatik kelishuvga erishish borasidagi sa’y-harakatlarni ham muhokama qildi.

Kiritildi: 15:45 05.11.2024. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!