Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqaning kelgusi taraqqiyoti uchun 7 ta asosiy yo‘nalishni taklif etdi:
1️⃣ Integrasiyaning yangi bosqichi – chegaralar ochildi, savdo hajmi 10,7 mlrd dollarga yetdi, investisiyalar 17%ga oshdi.
2️⃣ Institusional mexanizmlarni mustahkamlash – “Markaziy Osiyo hamjamiyati” platformasini yaratish, Kotibiyat va Oqsoqollar kengashi tashkil etish.
3️⃣ Iqtisod va investisiyalar – o‘zaro savdoni 1,5–2 barobar oshirish, 2035-yilgacha iqtisodiy dastur qabul qilish, yagona investisiya makoni.
4️⃣ Transport va infratuzilma – Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li, Transafg‘on va Transkaspiy yo‘nalishlarini rivojlantirish.
5️⃣ Xavfsizlik va Afg‘oniston – mintaqaviy xavfsizlik konsepsiyasi, “Farg‘ona tinchlik forumi”ni doimiy tashkilotga aylantirish.
6️⃣ Iqlim va suv – 2026–2036 yillarni suvdan oqilona foydalanish o‘n yilligi deb e’lon qilish, Suv xo‘jaligi bo‘yicha markaz ochish.
7️⃣ Gumanitar hamkorlik – ilmiy va madaniy aloqalarni kuchaytirish, Mintaqaviy tadqiqotlar jamg‘armasi, BMTda maxsus rezolyusiya ilgari surish.
Prezident nutqini shunday yakunladi:
“Bizning kuchimiz — birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz — do‘stlik va hamkorlikda.”