Putin Rossiyaning Yaqin Sharq mojarosiga munosabatini quyidagicha izohladi:
Dundyoda ikkita bir xil mojaro bo‘lmaydi. Har qanday mojaro tashqi jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, uning ichki sabablari turlicha bo‘ladi.
Birinchidan, Isroilda 2 millionga yaqin sobiq SSSRdan chiqqan rus tilida so‘zlashuvchi aholi bor. Biz o‘zimizning yangi siyosatimizda buni hisobga olishimiz kerak.
Ikkinchidan, Rossiya aholisining 15% islom dini vakillari va biz Eron bilan ham boshqa islom davlatlari bilan ham an’anaviy yaxshi munosabatlardamiz.
Biz Eronni uning tinch atom yo‘lida har doim qo‘llab-quvvatlab kelganmiz. Xalqaro tashkilotlar miqyosida uning ushbu huquqini himoya qilib kelganmiz.
Barcha taqiqlarga qaramasdan biz Busherda AES qurdik va yana ikkita AES qurish uchun shartnoma imzoladik. Bularning barchasi xalqaro qonunchilik doirasida amalga oshirildi.
Bugungi vaziyatda ham, mavjud bo‘lgan barcha xavflarga qaramasdan, biz o‘z mutaxassislarimizni u yerdan evakuasiya qilganimiz yo‘q. Aksincha, biz Isroil va AQSh rahbariyatidan o‘z xodimlarimiz xavfsizligiga zarar yetkazmaslikni so‘radik va ular bunga rozi bo‘ldi.
Mana shularning barchasi Eronni qo‘llab-quvvatlash emasmi, - dedi Putin.