"Shu sababli, har qanday kelishuvni imzolashdan oldin barcha narsaga aniqlik kiritib olish zarur. Vashingtonni yana urushga tortishni istaydiganlar bor, ammo men sog‘lom fikr g‘alaba qozonishiga va biz yechim topish uchun diplomatiyaga murojaat qilishimizga umid qilaman", — deya fikr bildirdi Abbos Aroqchi.
"Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lishni istamagan. Biz atom bombasini xohlamasligimizni bir necha bor aytganmiz. Bizda faqat tinch maqsadlardagi yadroviy dastur mavjud", — deya qo‘shimcha qildi Eron TIV rahbari.