Bitkoin narxi AQShda kelgusi hafta bo‘lib o‘tadigan saylov natijalari haqidagi taxminlar fonida ko‘tarildi, deb yozadi The Economic Times.
Raqamli valyuta 2% dan ziyodroq oshib, 71 310 dollarni tashkil etdi, Ether va Dogecoin kabi boshqa kriptovalyutalar ham 4% atrofida o‘sdi.
Bitkoin ko‘pincha Donald Tramp bilan bog‘lanadi, chunki u raqamli aktivni qo‘llab-quvvatlashini ochiq ifoda etgan va hatto AQShni sayyoramizning kriptovalyuta poytaxtiga aylantirishga va’da bergan. Uning raqibi Kamala Xarris esa raqamli aktivlar uchun normativ-huquqiy bazani yaratishga chaqirdi.
Tramp hozirda prognozlar bozorida yetakchilik qilmoqda va so‘rovlar Demokratlar partiyasidan nomzod vise-prezident Kamala Xarris uchun yaqin raqobatni ko‘rsatmoqda. Saylov kuni, 5 noyabrda o‘zgaruvchanlik yuqori bo‘lishi kutilmoqda.