Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Bitkoin bir sutkada 5 foizga qimmatlashdi

Bitkoin bir sutkada 5 foizga qimmatlashdi

Dushanba, 2 mart oqshomiga kelib, Bitkoin narxi 15 fevraldan beri ilk bor 70 ming dollardan oshdi.

Bu haqda "RIA Novosti" savdo hajmi bo‘yicha eng yirik hisoblangan "Binance" kriptobirjasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:01 holatiga ko‘ra (Moskva vaqti bilan 20:01), Bitkoin narxi bir sutkada 5 foizga o‘sib, 69 460 dollarni tashkil etgan.

"Bir necha daqiqa oldin ko‘rsatkich 15 fevraldan buyon ilk bor 70 ming dollardan yuqoriga ko‘tarildi", — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:16 02.03.2026. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!