Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bitiruvchilarni ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

A A A
Bitiruvchilarni ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashuvchi «Kelajakka qadam» dasturi amalga oshiriladi.

Bu borada Prezidentning «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-61-son qarori qabul qilindi.

Mazkur dasturga muvofiq:

  • o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;
  • oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish kabilar nazarda tutiladi.

Bunda:

  • salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
  • tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;
  • individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish ob’ektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Kiritildi: 12:01 18.02.2025. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!