Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

«Bitiruvchi – 2025» musiqa shousi tashkil etildi

«Bitiruvchi – 2025» musiqa shousi tashkil etildi

2025 yil bitiruvchilari uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan o‘zgacha va unutilmas «Filarmoniya shou» konserti tashkili etildi. Poytaxtimizdagi «Humo Arena» saroyida o‘tgan ushbu shouda muxlislar taniqli san’atkorlar ijodidan bahramand bo‘lishdi.

Rayhon, Shoxrux, Shahlo Ahmedova, Hamdam Sobirov, G‘aybullo Tursunov, Shaxriyor, Konsta, «Benom» guruhi va King Masarella kabi mashhur san’atkorlar konsertda ishtirok etdilar. Shuningdek, yorqin chiroqlar va kuchli energiya shouni go‘zal musiqa atmosferasiga aylantirdi.

Yuqori darajada tashkil etilgan «Filarmoniya shou»si «Humo Arena»ni to‘ldirgan minglab bitiruvchilar va muxlislar uchun yoshlik va orzular bayrami sifatida ham qalblarga muhrlandi.

Kiritildi: 19:47 25.05.2025. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!